Tadbirda Muborak tumani tibbiyot birlashmasi xodimlar boʻlimi inspektori B.G. fuqaro Sh.ni tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari orqali navbatchi hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga oʻz xizmat xonasida 500 AQSH dollari hamda uning shaxsiga oid hujjatlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, B.G.ning xizmat xonasida belgilangan talablariga zid ravishda roʻyxatga olinmasdan va koʻrib chiqilmasdan qoldirilgan 63 nafar fuqaroning murojjaatlari mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlar oʻtkazilmoqda.