Tibbiyot brigadalari glyukometrlar bilan taʼminlanadi

    Salomatlik 26 Yanvar 2022 830

    Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan dasturga koʻra, 2022-yil 1-aprelga qadar:

    zarur glyukometr, maxsus test yaproqchalari hamda ignalar markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tibbiyot brigadalariga yetkaziladi;

    birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida belgilangan standartlarga muvofiq jihozlangan shifokor oldi koʻrigi xonalari tashkil etiladi;

    tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi endokrinolog shifokor xonalari zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi
    Matbuot xizmati.