Mazkur oliy taʼlim muassasasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yil 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan institut ilmiy kengashida talabalarning yaxshi oʻqishiga koʻmaklashish va munosib ragʻbatlantirish maqsadida
“Rektor stipendiyasi” joriy qilingani maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, institutda shuningdek, oʻz ustida ishlaydigan, tashabbuskor pedagoglar uchun ham ragʻbatlantirish joriy etildi. Unga muvofiq, ilmiy izlanuvchi pedagoglarning “Skopus“ tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 million soʻm qalam haqi beriladi.