Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
S.Kaya dastlab Anqara universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Keyinchalik Onadolu universitetida biznes boshqaruvi, Otaturk universitetida tibbiyot muassasalarini boshqarish yoʻnalishlarida bakalavr hamda Sakariya universitetida sogʻliqni saqlashni boshqarish yoʻnalishida magistratura bosqichini tamomlagan.
Xorijlik mutaxassis 2011 – 2018-yillarda Sakariya universitetining klinik shifoxonasi va Sakariya davlat shifoxonalari Ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Sakariya sogʻliqni saqlash boshqarmasi vitse-prezidenti hamda boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbar zimmasiga Oʻzbekistonda onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, sohada zamonaviy menejmentni yoʻlga qoʻyish, xorij tajribasi asosida eng soʻnggi tashxis va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish, joylarda skrining tadbirlari qamrovini yanada kengaytirish, shuningdek, sohaga sunʼiy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, tizimni toʻliq raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash, tibbiy turizmni rivojlantirish hamda yosh kadrlarning bilim va salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq bir qator vazifalar yuklandi.









