Aholining tibbiy yordamga oʻsgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalari tomonidan “Volkswagen Caddy”, “ISUZU D-Max” va “Chevrolet Damas” avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillari taqdim etildi.
“Jizzax avtomobil zavodi” Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi.
Mashinalar murakkab paytda – butun mamlakat yuqori tayyorgarlik holatida boʻlgan pandemiya davrida aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Aholiga oʻz vaqtida yordam koʻrsatishga oʻzining tezkor ulushini qoʻshish uchun “Volkswagen Caddy” bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga chiqadilar.
Avtomobilni jihozlash bilan Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan iborat “Turin Invest Engineering” mahaliy kompaniyasi shugʻullanmoqda. Kompaniya muhandislik ishlanmalari (loyihalashtirishdan to foydalanishga topshirishgacha)ga ixtisoslashadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va mamlakatda oʻxshashi boʻlmagan yuksak texnologik jihozlar mavjud.
Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi yoʻlga chiqdi: 27 ta tez yordam mashinasi shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.
Isuzu D-Max pikapi bazasidagi tez tibbiy yordam avtomobilining yangi modeli Samarqand zavodida 2020-yil may oyidan boshlab chiqarilmoqda. Avtomobil yuqori oʻtuvchanlikka ega, manyovrchan va ishonchliligi hamda tejamkorligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ambulans, aynan qaysi tibbiy yoʻnalishda ishlatilishiga qarab, talab va maqsadlarga koʻra qoʻshimcha jihozlanishi mumkin.
Tez yordam xizmati maxsus sanitar atvoparkini kengaytirish va pandemiya davrida bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga Chevrolet Damas atvomobili bazasida tayyorlangan tez yordam avtomobillari partiyasini joʻnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga koʻra yetkazib berildi.