Loyihaga koʻra, 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab tibbiyot yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimida qator muhim oʻzgarishlar amalga oshiriladi.
Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishlarida oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish tartibi bekor qilinadi. Bu qaror qabul jarayonida sifat mezonlarini kuchaytirishga qaratilgani bilan izohlanmoqda.
Bakalavriat, rezidentura (klinik ordinatura) va magistratura mutaxassisliklarida:
- shifokor mutaxassisliklari uchun minimal oʻtish bali — 70 foiz;
- oʻrta tibbiy xodim mutaxassisliklari uchun — 60 foiz etib belgilanadi.
Mazkur talab har bir oʻquv modulini oʻzlashtirishda hamda davlat imtihonlarida qoʻllaniladi.
Aholi orasida eng koʻp uchraydigan va oʻlim xavfi yuqori boʻlgan kasalliklar hamda holatlar boʻyicha ajratiladigan kredit soatlari koʻpaytiriladi. Bu amaliyot klinik tayyorgarlikni real ehtiyojlarga moslashtirishni nazarda tutadi.
Taʼlim jarayoniga:
- ilmiy tadqiqotlar va dalillarga asoslangan tibbiyot uslubiyoti, simulyatsion markazlarda amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish majburiy tartibda joriy etiladi.
Tor soha mutaxassisligi faqat rezidentura va magistratura orqali shifokorlar uchun tor ixtisosliklar boʻyicha birlamchi va qoʻshimcha ixtisoslashtirish endilikda faqat rezidentura (klinik ordinatura) va magistratura orqali amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari orqali tor soha mutaxassisligi berish tartibi bekor qilinadi (qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bundan mustasno).
Shuningdek, birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari — internatura qabul qilinishi ham bekor qilinadi.