Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markaziga direktor tayinlandi

    Mamlakatimizda 17 Yanvar 2025 1234

    Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Asamutdinov Jaloliddin Sharafutdinovich Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktori etib tayinlandi.

    J. Asamutdinov 2005-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining bakalavriat, 2008-yil magistratura bosqichini tamomlagan.

    Turli yillarda “Tashkent Healthcare“ MCHJ rahbari, “Ask Doctor“ MCHJ direktori, Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Davlat-xususiy sheriklik, tibbiy turizm va xususiy sektorni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.