Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro shahar “Shodlik” mahallasida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan ayol oʻzining vakolatli tanishlari orqali oʻzga bir fuqaroni Buxoro shahridagi tibbiyot texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi.

2022-yil 1-dekabr kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida u, “Geofiziklar qoʻrgʻoni” mahallasi hududida talab qilingan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.