U Marhamat tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilib jarima jazosi qo‘llanilganligini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida, Marhamat tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i U.Toshmirzaev tomonidan 2022-yil 18-oktyabr kuni tuman tug‘ruq kompleksida 2022-yil 18-22-oktyabr kunlari yalpi tekshirish o‘tkazish haqida tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan kelishilmagan holda buyruq chiqarilganligi, mazkur buyruq asosidagi ishchi guruh tomonidan tuman tug‘ruq kompleksida 18-oktyabr kuni tekshirish o‘tkazilganligi, tekshirish yakuni bo‘yicha sanitariya talablari buzilganligi yuzasidan dalolatnoma tuzilganligi va tug‘ruq kompleksi rahbari N.Karimovaga nisbatan 2022-yil 25-oktyabr kuni 1.500.000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llash haqida qaror chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandida “yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas deb topish uchun asos hisoblanadi” deb ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasiga taqdimnoma kiritish orqali qonunga zid ma’muriy qaror bekor qilinib, murojaat muallifining buzilgan huquqlari tiklandi.