Tibbiyot xodimi faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

    Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʻRQ–827, 27.03.2023-y.) asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi.

    Unga koʻra, mazkur Kodeks quyidagi mazmundagi norma bilan toʻldirildi:

    Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish:

    - fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

    Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.