Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish ma'muriy qamoq jazosiga sabab bo'lishi mumkin

    1 mln 320 ming so'mgacha jarima solishga ham sabab bo'lishi mumkin.

    Ma'muriy javobgarlik to'g'isidagi kodeksga ko'ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o'tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bo'ladi:

    — fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mdan 2 mln 310 ming so'mgacha) jarima;

    — mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga.

    Bundan tashqari, qasddan yengil tan jarohati etkazish, bu harakat sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan turg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan bo'lsa, BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.