Uch tomonlama onlayn uchrashuvda Milliy palataning, Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutining, hamda “Royal College of Physicians and Surgeons of Canada”ning rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori Oral Ataniyazova va “Royal College of Physicians and Surgeons of Canada”ning hududiy direktori Karim Kayumi videokonferensiya davomida tomonlarning mazkur loyihani Milliy palata koʻmagida amalga oshirishga tayyor ekanligini taʼkidladilar.

Uchrashuv doirasida Kanadaning Qirollik shifokorlar va jarrohlar kolleji vakili doktor Lin Sonnenberg tomonidan tibbiy taʼlimning Kanada tizimiga bagʻishlangan taqdimoti oʻtkazildi. Kanada taʼlim tizimi:

- tibbiyot kolleji va litseydagi oʻqish bilan teng boʻlgan 3-4 yilga choʻziladigan oliy taʼlimgacha boʻlgan tibbiy taʼlimni;

- oliy tibbiyot oʻqishini – 3-4 yil;

- mutaxassislar uchun 5-6 yil va tor mutaxassislar uchun 2-3 yilga teng oliy taʼlimdan keyingi taʼlim — PGME (Rezidentura)ni oʻz ichiga oladi.

Keyinchalik sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari uzluksiz tibbiy taʼlim prinsipiga muvofiq ish jarayonida malakasini oshirib boradi.

Oʻzbek-Kanada loyihasi tibbiy taʼlimning aynan oliy taʼlimdan keyingi bosqichini nazarda tutadi. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun Kanadada va tibbiy taʼlimning Kanada tizimi tan olinadigan boshqa mamlakatlarda ishlash imkoni tugʻiladi.

Kanadaning Qirollik shifokorlar va jarrohlar kolleji ixtisoslashgan tibbiy taʼlimdagi va davolashdagi tan olingan peshqadam oʻquv muassasasi hisoblanadi. U uzoq yillar davomida maxsus tibbiy taʼlim va oʻqitish standartlarini belgilaydi. Hozir esa ushbu standartlar deyarli 70 ta tibbiy mutaxassislikni belgilagan.

Bunda oʻqish butun dunyoda, jumladan AQSH, Avstraliya va Yevropada qoʻllanilayotgan sohaga asoslangan akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot taʼlim tizimi, yaʼni CBME tizimida olib boriladi.

“Royal College of Physicians and Surgeons of Canada” nafaqat Rezidenturada shifokorlarni yaxshi oʻqitadi, u shu bilan birga Kanada tizimi boʻyicha diplomdan keyingi taʼlim olgan shifokorlarni butun faoliyati davomida baholab boradi. Bu sogʻliqni saqlash tizimining “Royal College of Physicians and Surgeons of Canada” Rezidenturasida taʼlim olgan mutaxassislarning xalqaro reputatsiyalarining asosini ham belgilaydi.

Mazkur standartlarni Oʻzbekistonda joriy etib, mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy taʼlimning tan olingan xalqaro tizimlardan biri bilan ishlash tajribasiga ega boʻladi. Shuningdek, oliy taʼlimdan soʻngi tibbiy taʼlimni Kanada namunasi boʻyicha olgan mutaxassislarning darajasini bevosita belgilay oladi.

Mazkur loyiha ustida ishlar davom etyapti, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.