Cog'liqni saqlash vazirining shu yilning 23-noyabrdagi tegishli buyrug'iga asosan Buxoro viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan Xudoybergenov Shuhrat Abdullayevich Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining davolash ishlari bo'yicha o'rinbosari — markaz ko'p tarmoqli klinikasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Xudoybergenov faoliyati davomida Akademik V.Vahidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida xirurg-shifokor, katta ilmiy xodim, bo'lim mudiri, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.