Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor boʻlishi, oʻz ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi.
Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim boʻladi.
Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yoʻlga qoʻyiladi.
Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi markazi tashkil qilinadi.









