“Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi boshlanishi eʼlon qilindi.
Bunda, viloyat hokimlari kutish joylarida qulay oʻrindiqlarni koʻpaytirib, navbatni tartibga keltirish, “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun kirish-chiqish joylari, xona va yoʻlaklarda inklyuziv muhit yaratish, qoʻl yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun masʼul boʻladi.
«Oddiy qilib aytganda, tibbiyot muassasasiga madaniyat, tartib-intizom, fayz olib kirib, odamlarga ijobiy kayfiyat ulashadi», — dedi Prezident.
Bunga har bir viloyat hokimi 10 milliard soʻmdan ajratadi.
Mutasaddilarga bu ishlarni butun respublikada tizimli tashkil qilish, toʻqson kun natijasi boʻyicha Prezidentga batafsil hisobot berish topshirildi.









