Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari va tibbiyot muassasalarida:

  • rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) boʻyicha oʻquv dasturi yoʻlga qoʻyiladi;
  • oʻquv dasturi yakuni boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar oʻrinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi;
  • rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;
  • 1-yil davomida faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga muvofiq tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy jihatdan birlashtirilib koʻp tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.