Til bayrami: Tuproqqalʼaga Prezident sovgʻasi yetib keldi

    Bu yil mamlakatimizda ilk bor Oʻzbek tili bayrami keng nishonlanmoqda.

    Tilimizning asosiy manbaini bosma soʻz, yaʼni kitoblar tashkil qiladi. Shu maʼnoda tilimizni faxr va iftixor sanab, uni asrash, yana-da boyitishni niyat qilgan mutolaa ahliga kitob sovgʻa qilmoq gʻoyat savob ishdir.

    Xorazmning eng chekka hududi – Tuproqqalʼa tumaniga bugun Prezidentimizning kitob karvoni yetib keldi. Ushbu karvondan turli mazmundagi mingdan ortiq kitoblar oʻrin olgan.

    Bu tuman kitobsevarlari uchun bayramga munosib sovgʻa boʻldi. Kitoblar oʻquv dargohlari va kutubxonalarga tarqatiladi.

    Roʻzimboy HASAN,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri