Butun O‘zbekiston xalqi 21-oktabr sanasini keng nishonlamoqda. Sana munosabati bilan bugun Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, ‘‘Mahalla’’ XJF, xalq ta’limi, madaniyat hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda ‘‘Tilni asrash - Vatan sarhadlarini asrashdek sharafli burch’’ g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir avvalida yurish marafoni tashkil etilib, so‘ng badiiy qismiga ulandi. O‘zining chiqishlari bilan ishtirok etgan Buxoro garnizoni harbiy orkestri va faxriy qorovul vzvodi hamda o‘quvchi-yoshlarning bayramona dasturi namoyish etildi.








Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi