Time dunyoning eng obroʻli 100 kishisi reytingini eʼlon qildi

    Bilasizmi? 24 Sentabr 2020 1055

    Roʻyxatda shaxslar — “Titanlar”, “Novatorlar”, “Sanʼat arboblari”, “Yetakchilar” va “Kumirlar” toifalari boʻyicha taqsimlangan.

    Joriy yilda rossiyaliklar roʻyxatdagi birorta toifada taqdim etilmagan. Ilgarilari amerikaning ushbu nashri Vladimir Putinni eng obroʻli shaxslar roʻyxatiga bir necha bor kiritgan.

    Joriy yil “Yetakchilar” orasida — AQSH allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, AQSH prezidenti Donald Tramp va uning boʻlajak saylovlardagi opponenti Jo Bayden, XXR rahbari Si Szinpin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, AQSH demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Xarris, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSH bosh prokurori Uilyam Barr va Parij meri Ann Idalgolar bor.

    Time “Titanlar” sifatida Google bosh direktori Sundar Pichayni, Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshanni, dunyoning eng boy kishisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottni, AQSH Fedzaxirasi rahbari Jerom Pauellni, “Formula-1”ning olti karra chempioni Lyuis Xemiltonni, XVF rahbari Kristalina Georgiyeva va boshqalarni eʼtirof etgan.

    Xonanda Megan Thee Stallion, NASA astronavtlari Jessika Meyr va Kristina Kuk, Uxan virusologiya institutining yetakchi virusologlaridan biri Shi Chjenli va boshqalar “Novatorlar” toifasiga kiritilgan.

    Eng obroʻli “Sanʼat arboblari” toifasiga esa The Weeknd ijrochisi, xonanda Selena Gomez, akterlar Fibi Uoller-Bridj va Maykl Bakari Djordan, janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xo (“Parazitlar” filmi sovrindori) va violonchelist Yo Yo Malar kiritilgan.

    “Kumirlar” orasida — Black Lives Matter harakati asoschilari, huquq himoyachisi Anjela Devis, tennischi ayol Naomi Osaka va boshqalar eʼtirof etilgan.