“2025-yil sun'iy intellektning to'liq salohiyati ro'yobga chiqqan yil bo'ldi va orqaga qaytilmasligi ayon bo'ldi. Fikrlash mashinalari davri haqiqatga aylangani uchun; insoniyatni hayratga va xavotirga solgani uchun; hozirgi zamonni o'zgartirgani va inson tomonidan mumkin bo'lgan narsalar chegaralarini kengaytirgani uchun Time jurnali sun'iy intellekt me'morlarini 2025-yil uchun “Yil odamlari” deb e'lon qildi”, deyiladi jurnal ijtimoiy tarmog'ida.
Jurnal muqovasida Meta bosh direktori Mark Sukerberg, AMD bosh direktori Liza Su, xAI, SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Mask, Nvidia bosh direktori Jensen Xuang, OpenAI bosh direktori Sem Altman, DeepMind bosh direktori Demis Xassabis, Anthropic bosh direktori Dario Amodey va ImageNet asoschisi Fey-Fey Li tasvirlangan.
Ularning barchasi po'lat ustun ustida o'tirgan bo'lib, bu tasvir 1932-yilda olingan “Osmono'par binoda tushlik” fotosuratiga ishoradir.
O'tgan yili Donald Tramp “Yil odami” deb topilgan edi, deb xabar berdi kaktus.media.








