Time jurnali Trampni “Yil odami” deb e'lon qildi

    Time jurnali AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni “Yil odami” deb e'lon qildi.

    “Donald Tramp Timeda yil odami”, deyiladi X xabarida.

    Jurnalga ko'ra, 2015-yildan beri hech bir shaxs siyosat va tarix rivojiga Tramp kabi yakka o'zi ta'sir qilmagan. Bu yilgi AQSh saylovlaridan keyin uning tarafdorlari va muxoliflari uchun “Tramp davri” keldi va u yana “dunyo markazida, har qachongidan ham kuchliroq”, deb ta'kidladi Time.

    Saylangan prezident “Yil odami” reytingida milliarder Ilon Mask, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris, Uels malikasi Keyt Middlton, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Meta korporatsiyasi asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi, deb xabar beradi tass.ru.