Times Now: Hindistonda samolyotning qulab tushishi oqibatida 110 kishi halok bo'ldi

    Hindistonda aviahalokat oqibatida kamida 110 kishi hayotdan ko'z yumdi, deb xabar qilmoqda Hindistonning Times Now telekanali.

    “Ahmadoboddagi aviahalokatda 110 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi”, deyiladi telekanal xabarida.

    O'z navbatida News18ning xabar berishicha, halokat oqibatida kamida 40 kishi hayotdan ko'z yumgan.

    Hindistonning ABP axborot portali payshanba kuni Hindistonning Gujarat shtatida Ahmadobod aeroporti yaqinida yo'lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida ma'lum qilgandi, deb xabar beradi ria.ru.