Bu haqda goalmedia.co sayti xabar berdi.
Patrik Kluyvert bilan hamkorlik tugaganidan soʻng Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi. Shu paytda oʻzbekistonlik mutaxassis Timur Kapadze oʻz nomzodini taqdim etishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
“Men Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyorman, inshaalloh. Hozirda men hech qaysi klub bilan shartnoma tuzmaganman, shuning uchun taklifni kutyapman,” — dedi Kapadze sport tahlilchisi Effendi Gazali bilan suhbatida.
Murabbiy shuningdek, Indoneziya muxlislarining iliq munosabatidan minnatdorligini bildirdi:
«Men Indoneziyani va uning muxlislarini yaxshi koʻraman. Juda koʻp odamlar menga ijtimoiy tarmoqlarda yozib, terma jamoani men boshqarishimni soʻrashdi. Bu meni juda hissiy holatga soldi,» — dedi u.
Indoneziya futboli atrofidagi muhokamalar kuchaygan bir paytda, koʻpchilik endi “Kapadze Garudaga mosmi?” degan savol bilan qiziqmoqda.
Maʼlumot oʻrnida:
“Garuda” — bu Indoneziya milliy ramzi boʻlgan mifologik qush nomi. U hind afsonasida uchuvchi, kuchli va qudratli jonzot sifatida tasvirlanadi.
Indoneziyada “Garuda” soʻzi vatan va milliy iftixor ramzi boʻlib, shuning uchun Indoneziya terma jamoasini ham «Garuda» deb atashadi.








