Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yangi bosh murabbiy bugundan boshlab jamoa bilan ishlashni boshlaydi.
Timur Kapadze – Oʻzbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biri boʻlib, murabbiylik faoliyati davomida yoshlardan tortib milliy terma jamoagacha boʻlgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qoʻl ostida jamoalar xalqaro maydonda yirik natijalarga erishgan.
“Navbahor” FK rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim oʻrin tutishiga ishonch bildiradi.








