Tinchligimiz va osoyishtaligimiz posbonlari sharaflandi

    O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

    Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, ofitser va generallar, harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari vakillari va ularning yaqinlari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirda Zoyir Mirzayev so'z olib, davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondonining bayram munosabati bilan yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi.

    Ona Vatanni qadrlash, uning ozodligini himoyalash yo'lida fidoyilik ko'rsatayotgan harbiylarning zahmatli mehnatlari har qancha e'tirofga munosib ekani ta'kidlandi.

    Bayramona kontsert dasturida harbiylarning ko'rgazmali chiqishlari, san'atkorlaring qo'shiqlari barchaga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

    Tadbirda viloyat hokimligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.