Qutqaruv operatsiyasiga Kanada dengiz floti kemasi qo'shildi. Bungacha qidiruv ishlari faqat havoda, ikkita samolyot yordamida olib borildi. Biri AQSH havo kuchlari, ikkinchisi Kanada samolyotlari. Batiskaf “Titan” deb nomlanadi. “Titanik” yaqinidagi mazkur ekspeditsiya 12-iyun kuni boshlangan bo'lib, bugun tugashi kerak edi.
AQSH qirg'oq xavfsizligi ma'lumotlariga ko'ra, suv osti kemasi bortida besh kishi bo'lgan. Ular orasida bir yil avval Blue Origin missiyasi doirasida koinotga uchgan britaniyalik milliarder Xamish Xarding ham bor. Ekipaj a'zolaridan biri – mashhur g'avvos Rori Golden qandaydir tarzda ijtimoiy tarmoqda post e'lon qilishga muvaffaq bo'ldi va u jamoa a'zolarining ahvoli yaxshi ekanligi haqida yozdi.
“Titan” batiskafining uzunligi 6,4 metr. Maksimal 13 kilometr suv osiga sho'ng'iy oladi. Qurilma besh kishiga mo'ljallangan. Mazkur batiskaf suv ositida ekipajni uch kun davomida kislorod bilan ta'minlay oladi, deb xabar beradi mir24.tv.