TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

    Dolzarb 10 Aprel 2020 1809

    Xabaringiz bor, Nyu-York mahalliy shifoxonasida yurtdoshimiz kornavirusdan vafot etgan edi.

    Xabaringiz bor, Nyu-York mahalliy shifoxonasida yurtdoshimiz kornavirusdan vafot etgan edi.

    O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 6-aprel kuni 1969-yilda tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etgan.

    22-mart kuni unda kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulandi va sun’iy komaga tushirildi.

    Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi.

    Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

    Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasiga +1-202-887-5300 (ichki 1) telefon raqamlari orqali;

    Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga +1-212-754-7403 telefon raqami orqali murojaat etishlari mumkinligini eslatadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.