Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik keng koʻlamli masalalar muhokama qilindi.
“Kun tartibimiz xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyot, mintaqaviy bogʻliqlik va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirish masalalariga qaratildi. AQSH Prezidenti tomonidan Oʻzbekistondagi islohotlar dasturi va mintaqada tinchlik hamda farovonlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarimizning doimiy qoʻllab-quvvatlanishini yuksak qadrlaymiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.