TIV rahbari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Xalqaro hamkorlik 12 May 2025 522

    Shu yilning 12-may kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprais bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda taʼlimdan yashil energiyagacha barcha sohalarni qamrab olgan dinamik rivojlanayotgan aloqalar hamda dolzarb mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.

    Yaqinda Samarqandda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi sammiti har ikki mintaqa xalqlari manfaatlari yoʻlida foydalanishimiz mumkin boʻlgan salohiyat naqadar keng ekanligini yana bir bor koʻrsatdi. Hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirish yoʻlida birgalikda harakat qilishga kelishib oldik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.