TIV rahbari Oʻmon Savdo, sanoat va investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 12 Iyun 2025 966

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor saidov Oʻmon Savdo, sanoat va investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, oʻzaro sarmoya kiritishning yangi imkoniyatlarini oʻrganish muhokama qilindi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va innovatsion oʻsishni ragʻbatlantirish boʻyicha fikr almashdik, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.