Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi, Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga baho berildi.

Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha hamkorlik mexanizmlari muhokama etildi. Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.