ustuvor loyihalar roʻyxati tasdiqlangan. Mazkur dasturlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari va hokimliklarda “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona hujjat almashinuvi tizimi ishga tushirildi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida davlat organlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari uchun yangi tizimning ahamiyatini tushuntirish va undan samarali foydalanishni tashkil qilish maqsadida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Ijro nazorati faoliyatini raqamlashtirish davlat organlarida qonunchilik hujjatlari ijrosi va ish unumdorligi taʼminlaydi.         Ortiqcha vaqt va qogʻoz sarfini oldini olish esa bunda katta ahamiyat kasb etadi.

— “edo.ijro.uz” tizimi mahalliy hokimliklar hamda hududdagi barcha tashkilotlarda joriy etish bilan vaqtning tejalishi va ish sifatining oshishini, hujjatlarning elektron saqlanishi, istalgan hujjatni qisqa vaqtda topa olish, xodimlarning ortiqcha jismoniy harakatlarini kamaytirish, yaʼni qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlar aylanishini bekor qilish imkoniyatini beradi, — deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi shoʻba boshligʻi Abbosxon Aʼzamxonov. — Shuningdek, “edo.ijro.uz” tizimining mobil ilovasi orqali foydalanuvchining qayerda qanday holatda boʻlishidan qatʼiy nazar maʼlumotlardan foydalanishi ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tizim qulayligi shundaki, ushbu platforma orqali qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqayotgan topshiriqlarning aniq ijrochisi, shuningdek, ularni bajarish muddatlari ham aniq qilib koʻrsatadi va har bir topshiriq alohida nazoratga olinadi.

Tizimdan foydalanish natijasida – topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil etiladi, aniq mexanizmlar, muddatlar va masʼullar belgilanadi, ijro intizomi mustahkamlanib, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyati oshib boradi.

— Ushbu samarali tizim ishga tushirilishi natijasida har bir vazirlik va idoralar oʻzlari uchun alohida tizim ishlab chiqishi va joriy etishi uchun milliardlab byudjet mablagʻlarini sarflamaydi, – deydi “Unikon SOF” MCHJ Fargʻona viloyat hududiy boʻlimi bosh mutaxassisi Jamshidbek Maxkamov.

barchadavlatorganlarioʻrtasidaelektronhujjatalmashinishtaʼminlanadi.

ayni kunlarda tizim bazasida elektron raqamli imzo yordamida imzolangan 20 milliondan ortiq yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlar mavjud. Bu raqamlar ortidan tejalgan juda katta va millionlab qogʻozlarni tasavvur qilish mumkin.

 

Элёр Эҳсонов,

Фарғона вилоят

адлия бошқармаси масъул ходими.