Bu boʻyicha Prezidentning “Toʻlovga qobilyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–78-son, 06.05.2026 y.) da belgilandi.
Farmonga koʻra, Agentlik toʻlovga qobilyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning toʻlovga qobilyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- toʻlovga qobilyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
- toʻlovga qobilyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- toʻlovga qobilyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashitirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.
Palata oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.