Mamlakatimizda tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yoʻlga qoʻyish, moʻl va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini taʼminlashga qoʻshayotgan munosib hissasi, har qarich yerdan unumli foydalanib, oʻzining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Mansurov Toʻlqinjon Nosirovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev