Materiallar xalqaro jurnalist, tahlilchi va ekspertlar tomonidan tayyorlanib, loyihaга nisbatan global professional hamjamiyatning yuqori qiziqishini koʻrsatmoqda.
The Economist
Britaniya nashri Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bagʻishlangan navbatdagi materialni eʼlon qildi.
Xususan, maqolada mazkur markaz mamlakatdagi islohotlar va uning xalqaro maydondagi
oùamiyati ortishi nuqtai nazaridan yoritilgan.
Qayd
etilishicha, majmua Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi asosida amalga oshirilgan mualliflik
loyihasi boʻlib, insonparvarlik, bagʻrikenglik va maʼrifat gʻoyalariga tayanadigan izchil
davlat siyosatini aks ettiradi. Bu yondashuv zamonaviy dunyo chaqiriqlariga munosib javob
sifatida baholanadi.
Maqolada
markaz Oʻzbekistonning zamonaviy madaniy va intellektual qiyofasini shakllantirishda
muhim omil sifatida tavsiflangan. Shuningdek, mamlakatning oʻz tarixiy merosini chuqur
anglash va uni global kun tartibiga uygʻunlashtirishga intilishi taʼkidlangan.
Markaziy Osiyoga ilmiy va falsafiy anʼanalar asrlar davomida
shakllangan, jahon tamadduniga katta taʼsir koʻrsatgan hudud sifatida eʼtibor qaratilgan.
Shu bilan birga, meʼmoriy anʼanalar va zamonaviy texnologiyalar uygʻunligi madaniy
oʻzlikni saqlagan holda modernizatsiya yoʻli tanlanganini koʻrsatadi.
El Mundo Financiero
Ispaniyaning El Mundo Financiero nashrida eʼlon qilingan materialda taʼkidlanishicha, Toshkentda
barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yangi Oʻzbekistonning Uchinchi Renessans gʻoyasi
doirasidagi strategik madaniy va intellektual loyihasi sifatida baholanib, tarixiy meros, zamonaviy texnologiyalar
va ilmiy tadqiqot salohiyatini uygʻunlashtirgan holda sivilizatsiyalar oʻrtasida muloqot
va bilim almashinuvini taʼminlovchi global platforma sifatida namoyon boʻlmoqda.
Bugun
Markaziy Osiyo yuragida yuzaga kelgan bir loyiha oʻz koʻlami va aħamiyati bilan jahon
eʼtiborini tortmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat meʼmoriy yodgorlik, balki
mintaqaning oʻtmishi, buguni va kelajagini bogʻlovchi intellektual koʻprikdir.
24.kg
Qirgʻizistonning ommabop nashrida berilgan maqolada
taʼkidlanishicha, Toshkentda barpo etilgan mazkur markaz mamlakatning eng yirik maʼnaviy-maʼrifiy
va ilmiy loyihalaridan biri boʻlib, Oʻzbekistonning koʻp ming yillik tarixi, boy madaniy
merosi va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini kompleks tarzda namoyon etuvchi muhim
ilmiy va madaniy makon sifatida baholanmoqda.
“Islom
sivilizatsiyasi markazi mintaqa xalqining uch ming yillik tarixini, intellektual salohiyatini,
madaniy ildizlarini va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini aks ettiradi. Zero,
mamlakatda yuritilayotgan siyosat asosida ilm-fan va taʼlim ustuvorligi mujassam. Chunki
aynan bilim, maʼrifat va inson salohiyatini rivojlantirish orqali kuchli davlat va
erkin jamiyatni barpo etish mumkin”, deyiladi maqolada.
OʻzJOKU talabasi
Aziza SHAROFIDDINOVA tayyorladi.