Shu yilning 23-martida respublikning gʻarbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻdi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
24-mart kuni Oʻzbekistonning barcha hududlariga nam havo massalari tarqaldi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati +12...+15 daraja iliq atrofida boʻladi.
Ish haftasining oxirigacha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, faqat 26-28-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.
Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari +4...+6 daraja iliqni, kunduz kunlari +8...+13 daraja iliqni tashkil etadi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin), 24-25-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
24-25-mart kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda: 24-martda yomgʻir yogʻadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 daraja iliq boʻladi.
25-martda yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.
26-27-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 4-6 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.