Kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli quyidagi hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilingan: Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasining togʻlari), Namangan viloyatining Pop tumanida.
Gidrometeorologiya xizmati togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻramoqda.








