Taʼlim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni oʻzlashtirishi, taʼlim sifatini taʼminlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga oʻtgani haqiqiy ahvolni koʻrsatdi.

Jumladan, oʻtgan yili 341 ming oʻqituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan boʻlsa, shundan 102 ming nafari imtihondan oʻta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga oʻtildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmadi.

Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar oʻqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi.