Tojikiston 2037-yilgacha butunlay “yashil” energetikaga o'tish niyatida

    Tojikiston 2037-yilda faqat “yashil” energetikadan elektr energiyasi ishlab chiqarmoqchi.

    Bu haqda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda “Suv 2018 – 2028-yillarda barqaror rivojlanish uchun” Harakatlar o'n yilligi bo'yicha yuqori darajadagi uchinchi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida aytib o'tdi, deb xabar beradi report.az.

    “Maqsadlarimizdan yana biri Tojikistonni 2037-yilda “yashil” mamlakatga aylantirishdir”, dedi Prezident.

    Mamlakat yashil iqtisodiyotga o'tish borasidagi sa'y-harakatlarini ikki baravar oshirayotgani, bu maqsadni amalga oshirishda suv resurslari muhim o'rin tutayotganini ta'kidladi. “Tojikiston elektr energiyasining 98 foizdan ortig'i mamlakat gidroenergetika resurslari hisobidan ishlab chiqariladi, biz 2032-yilga borib bu ko'rsatkichni 100 foizga yetkazish, ya'ni to'liq yashil energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish niyatidamiz”, dedi davlat rahbari.