Suhbat chogʻida loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Oliy va yuqori darajada, jumladan, hukumatlararo komissiya yigʻilishlari doirasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida hayotga tatbiq etish muhimligi qayd etildi.
Qoʻshma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga doir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi, yangi investitsiya tashabbuslari boʻyicha yagona yondashuvlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro rejalarni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish maqsadida ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari oʻrtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.