Tojikiston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

    Hukumat 2 Iyun 2022 4620

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

    Toshkent xalqaro aeroportida uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar oʻrtasida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.

    Soʻng Tojikiston Prezidenti “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va meʼmoriy xususiyatlari haqida soʻzlab berildi.

    Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qoʻyish marosimi anʼanaga aylandi.