Tojikiston teatr jamoasi Oʻzbekistonga gastrol safarini boshladi

    Qoʻgʻirchoq teatri spektakllari 20-martga qadar namoyish etiladi.

    Tojikiston Respublikasining “Loʻxtak” teatr jamoasi Buxoroga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston madaniyat vazirligi maʼlum qildi.

    Tashrif davomida Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri va Filarmoniyasi badiiy jamoalari oʻz chiqishlari bilan mehmonlarning koʻnglini xushnud etdi.

    Qayd etilishicha, Tojikiston teatr jamoasi 20-mart kuniga qadar Buxoroda boʻladi. Safar davomida bolalar uchun “Shoʻx malika” spektakli namoyish etilishi rajalashtirilgan.

    Tadbirlar Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilmoqda. Barcha spektakllar ikki tilda - tojik va rus tillarida boʻlib oʻtadi.

    Gostrol har ikki davlat Madaniyat vazirliklari koʻmagida amalga oshirilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, 2022-yil noyabr oyida Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri aktyorlari gastrol safari bilan Tojikiston poytaxtiga tashrif buyurgandi.