62 yoshli Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzoda oilaviy nizo tufayli o'z joniga qasd qilishga uringan, deb xabar beradi "Xovar" milliy axborot agentligi mamlakat Bosh prokuraturasiga tayanib.
Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, hodisa 11-avgust kuni ertalab soat beshlarda vazirning Dushanbedagi uyida bo'lgan. Xudoyorzoda xo'jalik pichog'i bilan o'z joniga qasd qilishga uringan.
Oila a'zolari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Ayni paytda X. Xudoyorzoda “Istiqlol” sog'lomlashtirish kompleksi” davlat muassasasi kasalxonasiga yotqizilgan va operatsiyadan so'ng shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi. Ahvoli qoniqarli.
Ushbu holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.