Yangi savdo uylari "B2B" sohasida bo'lib, xaridorlarga ishlab chiqaruvchi bilan ko'p vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilish imkoniyatini beradi, deyiladi Uyushmalarning rasmiy manbalari orqali berilgan xabarda.
Hozirda Afg'oniston, AQSHda O'zbekiston savdo uylari faoliyat yuritib kelmoqda. Tez orada Qozog'iston va Tojikistondan tashqari, Vengriya, Germaniya, Ispaniya va Turkiyada ham shunday savdo maskanlari ochilishi rejalashtirilgan.
Loyihalar mahalliy ishbilarmonlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, ayni vaqtda unga qiziquvchi tadbirkorlar guruhi to'planmoqda.
Qiziquvchilar tashkilotchilar tomonidan e'lon qilingan quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:
+998900221277
+998998162023
+998901362422
+998909172018
+998903972018