Bu haqda Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Markaz ma'lumotlariga ko'ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 00:51 da boshlangan. Zilzila epimarkazi 33 kilometr chuqurlikda joylashgan. O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yer silkinishlarini kuzatuvchi seysmik prognoz monitoringi markazi o'sha paytda zilzila qayd etdi. Uning magnitudasi 4,9 ni tashkil etdi.
Zilzila epimarkazi Tog'li-Badaxshon muxtor viloyati ma'muriy markazi yaqinida, Xorug' shahrida joylashgan. Tabiiy ofatdan keyin qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.