Unga ko'ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 12:29 da 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Xorug' shahri yaqinidagi Tog'li Badaxshon viloyatida qayd etilgan. Yerosti silkinishlari Dushanbeda sezilmadi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo'mitasi qurbonlar va jarohatlanganlar yo'qligini ma'lum qildi.
TASS xabarida qayd etilganidek, “zilzila markazida zilzila kuchi 5 ballni, Xorug' shahrida esa 3-4 ballni tashkil etdi”. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi geofizika xizmati qo'mitasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, zilzila epimarkazi Xorug'dan 32 kilometr shimoli-sharqda joylashgan, deb xabar beradi tass.ru.