Tojikistonda 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi

    Tojikistonda 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi xabar berdi.

    “Zilzilaning o'chog'i Olmaota shahridan 593 kilometr janubi-g'arbda Tojikiston hududida joylashgan. Zilzilaning energiya klassi 11,5. magnitudasi MPV 5.1”, deyiladi xabarda.

    Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi tass.ru.