Tojikistonda Oʻzbek kino kunlari boʻlib oʻtmoqda

    Ayni kunlarda Tojikistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkazilmoqda.

    Madaniyat kunlari doirasida 15–20-aprel kunlari Oʻzbek kino kunlari oʻtkazilishi belgilangan. Bugun Dushanbe shahridagi « Koxi Navruz» saroyida Oʻzbek kinosi kunlari ochilishi boʻlib oʻtdi.

    Kino kunlari doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Abdulla Oripov», «Evrilish», «Yasha, xotin», «Sudya» filmlari tojik kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola etiladi.

    Oʻzbek kino ijodkorlaridan iborat delegatsiya, shuningdek, «Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy» badiiy filmi boʻyicha tojikistonlik hamkasblari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Kinoijodkorlarning kino loyiha ssenariysi boʻyicha hamkorlik muzokaralari davom etmoqda.