Filmda 17 yillik mahkumlikdan keyin ozodlikka chiqqan ayol hayoti haqida hikoya qilinadi.
Umid Hamdamov (stsenariy muallifi), Аzizbek Аrziqulov (operator), Shamshod Ibragimov (rassom), Ubaydullo Karimov (kompozitor) hamkorligida ishlangan mazkur film bir qator nufuzli kinofestivallarda ishtirok etgan.
Jumladan, kinokartina Bangladeshda oʼtkazilgan "Cinemaking International Film Festival" xalqaro festivalining "Eng yaxshi ssenariy" yoʼnalishi boʼyicha gʼolib boʼlgan.
Eslatib oʼtamiz, Tojikiston Respublikasidagi "Oʼzbek kinosi kunlari" 22 maygacha davom etadi.