Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi maʼlum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 4. Chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 393 km janubiy-gʻarbda.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Shoʻrchi tumanida 2−3 ball, 28 km.
  • Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
  • Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.